Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OCHL: "Nasaf" asosiy bosqich ostonasida
08:41 / 2025-08-29

Ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionlar ligasining dastlabki bosqichida "Nasaf" jamoasi "B" guruhida ikkinchi uchrashuvini "Al Nassr" (Saudiya Arabistoni) klubiga qarshi o‘tkazdi.

Qarshidagi "Markaziy" stadionda o‘tgan ushbu o‘yinda "Nasaf" 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol, o‘yinning 71-daqiqasida Lyudmila Karachikning burchakdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozaga yo‘llagan zarbasi orqali darvozaga kirib ketdi. Mazkur g‘alabadan so‘ng, "Sevinch"   ochkolarini 6 taga yetkazib oldi.  

Darvoqe, "Nasaf" klubi ilk turda APF (Nepal) jamoasini 3:0 hisobida yenggan edi. Endi jamoamiz uchinchi turda guruhda 6 ochko bilan peshqadam bo‘lib turgan Tailandning"BG College of Asian Scholars" klubiga qarshi o‘yin o‘tkazadi. 31 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan mazkur o‘yin g‘olibi OCHL guruh bosqichiga yo‘llanma oladi.  

Ma’lumot o‘rnida: Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga qur’a 11 sentyabr kuni tashlanadi va musobaqa 3 oktyabrdan boshlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA