OCHL: 2-tur uchrashuvlari keskin kurashlarga boy o‘tmoqda
Futbol bo‘yicha Elit Osiyo chempionlar ligasining g‘arbiy mintaqasida umumiy bosqichning ikkinchi turi birinchi kunida 4 ta o‘yin o‘tkazildi.
Jumladan, ushbu bahslarda “Nasaf” o‘z maydonida “Al-Hilol”ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, “Traktor” – “Al-Vahda” uchrashuvida hisob ochilmadi. “Al-Garafa” 2:0 hisobida “Al-Shorta” klubini dog‘da qoldirdi, “Al-Duxail” va "Al-Ahli" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi.

Qayd etilgan natijalardan so‘ng, “Al-Hilol” ochkolarini 6 taga yetkazib olgan bo‘lsa, "Al-Ahli" va “Al-Vahda” klublari bir xil - 4 ochko to‘pladi. “Al-Garafa” esa 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, “Traktor” 2, “Al-Duxail” va “Al-Shorta” 1 ochkoga ega bo‘ldi. Afsuski, “Nasaf” hamon ochkosiz qolmoqda.
Bugun, 30 sentyabr kuni “Al-Sadd” – “Sharja” va “Al-Ittihod” – “Shabab Al-Ahli” bahslariga guvoh bo‘lamiz.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA