Futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasining g‘arbiy mintaqasidan o‘rin olgan barcha guruhlarda so‘nggi - 6-tur uchrashuvlari yakunlandi va pley-off bosqichiga yo‘l olgan 8 ta klub nomi aniq bo‘di.
Jumladan, “A” guruhida “Al-Vasl” jamoasi 14 ochko bilan yaqqol peshqadam sifatida keyingi bosqichga chiqqan bo‘lsa, uning ortidan “Istiqlol” 8 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinda pley-off ishtirokchisiga aylandi. “Al-Muxarraq” 7, “Al-Vehdat” 4 ochko bilan musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

“B” guruhidagi so‘nggi turda “Andijon” safarda “Al-Ahli” klubiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, 5 ochko to‘plagan holda musobaqa bilan xayrlashdi. Turkmanistonning “Arkadag‘” jamoasi esa "Al-Xoldiya"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va 7 ochko bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Darvoqe, “Al-Ahli” 10 ochko evaziga guruhda birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Al-Xoldiya” 6 ochko bilan uchinchi pog‘onada qoldi.
“C” guruhida esa “Al-Xusseyn” 9, “Sepahon” 7 ochko, “Axal” 4 ochko jamg‘arib, 1-3 o‘rinlarga taqsimlandi. “D” guruhida “Al-Nasr” 18 ochko to‘plagan holda karvonboshiga aylandi. “Al-Zavra” va “Istiqlol” garchi bir xil 9 ochko to‘plagan bo‘lsa-da, gollar nisbatiga ko‘ra, Iroq klubi pley-offga chiqdi.

O‘z guruhlarida 1-2 o‘rinni band etgan jamoalar pley-off bosqichida qatnashadi. Ushbu bosqichga qur’a tashlash marosimi 30 dekabr kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi AFC qarorgohida tashkil etiladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA