Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OCHL-2 musobaqasining barcha nimchorak ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi
16:40 / 2025-12-29

Futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasida guruh bosqichi uchrashuvlari o‘z yakuniga yetib, pley-offga chiqqan G‘arb va Sharq mintaqasidan 8 tadan klub nomi aniq bo‘ldi. OFK rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, ertaga 30 dekabr kuni pley-off bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Unga ko‘ra, qur’adan avval ikki mintaqadan chiqqan 16 ta jamoa quyidagi ikki savatga ajratildi.

G‘arb mintaqasi:

1-savat: «Al Vasl» (BAA), «Al Ahli» (Qatar), «Al Husseyn» (Iordaniya), «Al Nassr» (Saudiya Arabistoni).

2-savat: «Istiqlol» (Eron), «Arkadag‘» (Turkmaniston), «Sepaxan» (Eron), «Al Zavraa» (Iroq).

Sharq mintaqasi:

1-savat: «Makartur» (Avstraliya), «Gamba Osaka» (Yaponiya), «Persib Bandung» (Indoneziya), «Tampines Rovers» (Singapur).

2-savat: «Xanoy» (Vetnam), «Ratchaburi» (Tailand), «Bangkok Yunayted» (Tailand), «Poxang Stilers» (Janubiy Koreya).

Qur’a qoidalariga ko‘ra, guruh bosqichida bir guruhdan o‘rin olgan jamoalar pley-offda o‘zaro to‘qnash kelmaydi. Uchrashuvlar uy–mehmon tarzida o‘tadi. Darvoqe, musobaqaning 1/8 finali  10–11 va 17–18 fevral, chorak final 3–4 va 10–11 mart, yarim final  7 va 14 aprel hamda final esa 16 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA