French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OCHL-2: G‘arbiy mintaqada birinchi tur yakunlandi
13:36 / 2025-09-18

Futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasining g‘arbiy mintaqadagi "A", “B”, “C”, “D” guruhlarida birinchi tur uchrashuvlari o‘tkazildi.

Jumladan, “A” guruhida “Al-Vasl” o‘z maydonida “Istiqlol”ni 7:1 hisobida taslim etgan bo‘lsa, “Al-Muharraq” 4:0 hisobida “Al-Vihdat” klubi ustidan zafar quchdi. Shu tariqa g‘olib jamoalar  3 ochkoga ega bo‘lib, gollar nisbatiga ko‘ra 1-2-o‘ringa joylashdi. Mag‘lublar esa ochkosiz keyingi o‘rinlardan joy oldi.

Biz uchun ahamiyatli bo‘lgan “B” guruhida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan “Andijon” jamoasi “Arkadag‘” bilan raqobatlashdi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda esa  “Al-Ahli” – “Al-Xoldiya” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Qiziqarlisi, ushbu uchrashuvlarning ikkisida ham hisob ochilmadi va jamoalar bir xil tarzda bir ochkoni qo‘lga kiritdi.

E’tiborli jihati, “C” guruhidagi bahslarda “Mohun Bagan” o‘z maydonida “Ahal” klubiga 1:0 hisobida ikmoniyatni boy berib qo‘ydi, “Al-Husayn” ushbu hisobda “Sepahon”ni dog‘da qoldirdi. G‘alabaga erishgan jamoalar 3 ochkoga ega bo‘lgan holda guruh peshqadamiga aylanib oldi.

Turnirning “D” guruhida “An-Nasr” ilk turda “Istiqlol”ni 5:0 hisobida yengdi. “Goa” esa “Az-Zavra”ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Natijada “An-Nasr” va “Az-Zavra” 3 ochko bilan guruh yetakchiligini qo‘lga oldi. “Goa” va “Istiqlol” esa 3-4 o‘rinda qoldi.

Endi Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasining ikkinchi turi 30 sentyabr kuni start oladi va 2 oktyabr kuniga qadar davom etadi.  

Unda quyidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi:

"A": “Al-Vihdat” – “Al-Vasl”, “Istiqlol” – “Al-Muharraq”;

“B”: “Andijon” – “Al-Ahli”, “Al-Xoldiya” – “Arkadag‘” ;

“C”: “Ahal” – “Al-Husayn”, “Sepahon” – “Mohun Bagan” ;  

“D”: “Az-Zavra”  – “An-Nasr”, “Istiqlol” – “Goa”.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA