OCHL-2: “Andijon” bugun faqat g‘alaba uchun maydonga tushadi
Futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasining g‘arbiy mintaqasida beshinchi tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Bugun, 26 noyabr kuni “B” guruhida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan “Andijon” jamoasi o‘z uyida “Arqadag‘” klubiga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv “Bobur Arena”da soat 18:45da start oladi. O‘yinni Abdullah Jamali (Kuvayt) bosh hakam sifatida boshqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Ali Jiraq va Saud Alshemali yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasini Maher Alali (Livan) bajaradi. Uchrashuvni Hassan Kamranifar (Eron) nazorat qiladi. Mazkur o‘yinda mezbonlar to‘liq qizil, mezbonlar ko‘krangli futbol libosida maydonga tushadi.



Ma’lumot uchun: “B” guruhida “Al-Ahli” va “Al-Xoldiya” jamoalari 5 ta o‘yinda mos ravishda 7 va 6 ochko jamg‘argan holda 1-2 o‘rinlarni egallab turibdi. O‘tgan to‘rt bahs yakunlariga ko‘ra “Andijon” 4, “Arqadag‘” esa 3 ochko to‘plab, 3-4 pog‘onalarda bormoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA