Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OCHL-2: “Andijon” bugun “Arkadag‘” bilan o‘ynaydi
10:23 / 2025-09-17

Futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasining g‘arbiy mintaqadagi bahslarini “C” guruhidagi bahslar boshlab bergan bo‘lsa, bugun "A", “B”, “D” guruhlarida birinchi tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Kecha tashkil etilgan “C” guruhidagi bahslarda “Mohun Bagan” o‘z maydonida “Ahal” ustidan 1:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, “Al-Husayn” ushbu hisobda “Sepahon”ni dog‘da qoldirdi.  

Bugun biz uchun ahamiyatli bo‘lgan “B” guruhida “Arkadag‘” – “Andijon”, “Al-Ahli” – “Al-Xoldiya” jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Turkmanistonning Arkadag‘ shahrida tashkil etiladigan mazkur bahsda singapurlik Ahmad Al Badove bosh hakam sifatida o‘yinni boshqaradi. OCHL-2 o‘yinlari guruh bosqichida VAR'dan foydalanilmaydi.

Darvoqe, ushbu o‘yinda “Andijon” jamoasi qizil, “Arkadag‘” esa oq libosda maydonga tushadi. Uchrashuv soat 18:45 da boshlanadi.

Quyida qolgar ikki guruhdagi uchrashuvlar ro‘yxati bilan tanishasiz:  

“A”: “Al-Vasl” – “Istiqlol”, “Al-Muharraq” – “Al-Vihdat”;

“D”:  “Goa” – “Az-Zavra”, “An-Nasr” – “Istiqlol”.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA