French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"O‘chirib-yoqish" o‘yinlari qimmatga tushdi, mansabdorlar 5 yilga qamaldi
11:57 / 2023-03-13

Elektrdan qarzingiz bo‘lsa o‘z vaqtida to‘lab qo‘yganingiz ma’qul. Lekin qarzingiz bo‘lmasa-chi? Yoki tarmoqqa noqonuniy ulanish holatida aybdor deb topilsangiz va elektr energiya haqqiga xiyonatda sizni ayblashsa, nima qilgan bo‘lardingiz? Bunday holatda mahalliy elektr ta’minoti korxonasining rahbariga murojaat qilishingiz tabiiy. Lekin aynan elektr ta’minoti korxonasining rahbari sizni aybsiz aybdor qilib tursachi? Bunisi ham yetmagandek, tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga ta’magirlik qilib, pul so‘rasa-chi? Bunday xolatda huquq-tartibot organlariga murojaat qilishingiz tayin.

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida xuddi shunday holat sodir bo‘ldi. Ya’ni tuman elektr ta’minoti korxonasining sobiq boshlig‘i va uning o‘rinbosari tadbirkorlardan pul undirishning yangicha uslubini o‘ylab topishdi. Lekin ularning bu "o‘yin" lari uzoqqa cho‘zilmadi.  

majlisida panjara ortida sudlanuvchi sifatida so‘roq qilingan ikki nafar shaxs Sayxunobod tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Pulning isi dimog‘ini qitiqlab, nafslarini uyg‘otdi shekilli tadbirkorlik sub’ektlarining elektr tokini o‘chirib-yoqish o‘yinlari boshlandi. Ular tumanda faoliyat yuritayotgan MCHJlarni elektr tarmog‘idan hech qanday hujjatlar rasmiylashtirmasdan o‘chirtirib, ta’magirlik yo‘li bilan ularga guyoki 6 million so‘mdan to‘lashsa elektr energiyasini yoqib berishlarini talab qiladi. Go‘yoki aniqlangan zararni hisobga qo‘ymasdan, evaziga 7 million so‘m pullarni hisob raqamga to‘lashni talab qilib, shundan 1 million so‘mini olib, hech qayerga to‘lovni amalga oshirmay, o‘z ehtyojlari uchun ishlatib yuborishadi.  

Mazkur MCHJni elektr energiyasiga qayta ulab, biroq qolgan pullarni olib kelmaganidan so‘ng qayta elektr energiya tarmog‘idan uzishib, qolgan 6 million so‘mini berishini talab qilishadi. Ularning o‘yinidan bezor bo‘lgan tadbirkorlar o‘z vaqtida huquq-tartibot organlariga xabar qilishadi. Ta’magirlar so‘ragan pullarni Sayxunobod TETK ma’muriy binosida tezkor tadbir davomida imo-ishora bilan ASKUE xonasidagi shkaf ichiga qo‘ydirgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.  

Sud majlisida jabrlanuvchilar ikki nafar sudlanuvchini tadbirkorlik sub’ektlarining elektr tarmog‘idan uzdirib tadbirkorning manfaatiga jiddiy zarar yetkazganini isbotlab berishdi. Oqibatda Sayxunobod TETKning sobiq rahbari va uning o‘rinbosariga sud hukmi o‘qildi. Ya’ni ularning har biriga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan ikki yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 5 (besh) yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.  

Sh.Suyarov,  

O‘zA