Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ochiqlik va oshkoralik - adolatli saylovlar omili
19:53 / 2021-10-22

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan Xalqaro media-xollda "Ochiqlik va oshkoralik - adolatli saylovlarning muvaffaqiyatli va demokratik o‘tkazilishining kaliti" mavzuida muloqot o‘tkazildi.

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hozirda xalqimiz muhim siyosiy jarayon - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi arafasida turganini ta’kidladi.

Ushbu dolzarb palla xalqimiz kelajagi, Vatanimizning ertangi kuni, istiqbolini belgilashda nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi.

bugungi saylovlar avvalgilariga nisbatan keskin faollashdi, ularning mohiyati ochiqlik, shaffoflik tamoyillari bilan ajralib turadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasida xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekani ko‘rsatilgan. 2019 yilda Saylov kodeksi yaratildi. Nazarimda, u tadrijiy jarayondan o‘tdi va saylov qonunchiligi bo‘yicha tartibga keltirildi.

- bugungi kunda matbuot sohasi ham ijobiy o‘zgarishlarga yuz tutdi, - dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Asadjon Xo‘jayeva. 

- Media tuzilmalar soni ortdi, tahliliy-tanqidiy ruhdagi materiallar soni ham, salmog‘i ham ko‘paydi. Ommaviy axborot vositalari soni keyingi yillarda bir yarim barobarga oshdi. Ular saylov kampaniyasiga oid ma’lumotlarni tezkor, o‘z vaqtida yetkazishga e’tibor qaratmoqda.

Muloqot davomida ochiqlik, shaffoflik, xalqchillik tamoyillari barcha jabhalarda ko‘zga yaqqol tashlanayotgani mamlakatimiz va xorijlik ekspertlar tomonidan alohida e’tirof etildi.

Yoshlar, jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

Nazokat Usmonova, O‘zA muxbiri