Ochiq osmon ostidagi ko‘rgazma
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir va ijodiy ko‘rgazma tashkillashtirildi.
– Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad urf-odatlarimizni, ma’naviy-ma’rifiy merosimizni yanada ulug‘lashdan iborat, – deydi muzey direktori Musalim Nuriddinov. – Yosh avlodga milliy merosimizni yetkazish, Vatanimiz tinchligi uchun janglarda halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini qadrlash, ularning bosib o‘tgan hayot yo‘llari haqida chuqurroq ma’lumot berish asosiy vazifalarimizdan sanaladi.
Tadbirning badiiy qismini Yashnobod tumanidagi 53-maktab o‘quvchilari boshlab berdi. Tadbirda Harbiy orkestr jamoasining chiqishi hamda Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
N.Rahmonova,
O‘zA