Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ochiq osmon ostida konsert
16:07 / 2023-09-11

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 2 fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida Jizzax viloyati Do‘stlik tumani markazidagi Yoshlar innovatsion maydonida O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining konsert dasturi tashkil etildi.

–To‘g‘risi, odatda O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri konsertlarining televideniyedagi namoyishini e’tiborsizlik bilan kuzatardim. Hozir nafaqadaman. Ushbu orkestrni shu paytgacha jonli tarzda tomosha qilmagan ekanman. Ko‘z o‘ngingda, ochiq maydonda, musiqachilarning har bir musiqa asbobida kuylarning mohirona ijrosi, qo‘shiqlarning mahorat bilan ijro etilishini miriqib tingladim va zavq oldim, – deydi Do‘stlik tumanida yashovchi mehnat faxriysi Eshmamat Soliyev.

[gallery-13527] 

–Yaqinda Qo‘qon sirki ustalarining dasturlarini mahallamizda tomosha qilgandik. Bugun O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri badiiy jamoasi bizning cho‘l tumanimizga kelib, o‘z konsert dasturlarini ochiq osmon ostida, jonli ijroda namoyish etdi. Yaqin kunlarda Toshkentdagi eng nufuzli milliy teatrlarimiz ham o‘z spektakllarini tumanimizga kelib namoyish qilishsa, ayniqsa, biz yoshlarga olam-olam quvonch bag‘ishlagan bo‘lardi. Bizga ana shunday jonli ijrodagi badiiy dasturlarni tomosha qilish imkoniyatini yaratib bergan tashkilotchilarga Do‘stlik tumani yoshlari nomidan samimiy minnatdorlik bildiraman, – deydi “Sanoatchilar” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Nargiza Shoyimova.  

Konsertda orkestr sozanda va solistlari tomonidan ijro etilgan milliy, qardosh va xorijiy xalqlarning asarlari tomoshabinlarga zavq bag‘ishladi.  

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), 

O‘zA muxbirlari