Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ochiq muloqotda muammolar hal etildi
17:12 / 2025-05-21

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi mas’ullari tomonidan eksport faoliyatini jadallashtirish, tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida “Leichter Kamalak Textilien” MCHJ faoliyati doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur korxona viloyatdagi yetakchi eksportyorlardan biri sanaladi. 2024 yil va joriy yilning o‘tgan davri mobaynida korxona tomonidan umumiy qiymati 356,47 ming AQSH dollariga teng mahsulotlar import qilingan. Shu davr ichida esa 1,4 million dollardan ortiq qiymatdagi to‘qimachilik mahsulotlari va ip kalava tovarlari eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan.

Uchrashuvda korxona vakillari mavjud tartiblar, yangilangan qonunchilik me’yorlari va eksportni rag‘batlantirishga qaratilgan imtiyozlar bilan tanishdi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.