English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ochiq muloqot”da 531 nafar tadbirkor o‘z muammo va takliflarini bildirdi
12:47 / 2022-08-29

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Dadaxon Jumaniyozov Prezidentimizning tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqot”i yakunlari bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bu yilgi davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqoti”ga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda “Call-markaz” va Respublika shtabi tashkil qilingan. Tadbirkorlik sub’ektlari vakillaridan Respublika shtabiga 12 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Eng ko‘p murojaatlar biznesni moliyalashtirish bo‘yicha 3 ming 886 ta, soliq tizimi bo‘yicha 1 ming 66 ta hamda yer ajratish masalalari bo‘yicha  949 ta yo‘nalishlarda kelib tushgan. 

Kelib tushgan murojaatlarning 11 ming 452 tasi individual xarakterda ega bo‘lib, 9 ming 791 tasi bugungi kunda ijobiy hal qilingan. Qolgan murojaatlarni tezkorlik bilan hal qilish maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tashkil qilingan “Tadbirkorga tez yordam” portaliga (tadbirkor.mift.uz) yo‘naltirildi va natijasi nazoratga olindi. 



Xususan, joriy yilning 17-18 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan navbatdagi “Ochiq muloqoti”ga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan “Tadbirkorlar bilan muloqot haftaligi” doirasida  9 ta mavzuda panel sessiyalar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir doirasida 2 kun davomida jami 3 ming 500 dan ortiq tadbirkorlar, shundan markaziy studiyadan 1 ming 300 ga yaqin va hududiy studiyalaridan 2 ming 250 ga yaqin tadbirkor ishtiroki ta’minlandi. 

Natijada, tadbirkorlarning 531 tasi o‘z muammo va takliflarini bildirdi. Shundan 255 ta individual xarakterga ega bo‘lgan muammoli masalalar, 76 ta tizimli muammolar, 50 ta takliflar eshitildi. Shuningdek hududlardan ishtirok etgan 37 ta tadbirkor ham muammo va takliflarni aytib o‘tdi. 

 

Muhayyo Toshqorayeva, 
O‘zA