English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OCHIQ MULOQOT: Yer ajratish va undan foydalanishda nazorat kuchaytiriladi
15:43 / 2021-06-11

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ochiq muloqot Bugun “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va sohada qonuniylikni mustahkamlash - dolzarba vazifa" mavzuida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Muloqot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyunda “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi.

Adliya va Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, Bosh prokuratura, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi rahbariyati va boshqa mutasaddilar hamda OAV xodimlari, blogerlar ishtirok etgan tadbirda mazkur farmonni mazmun-mohiyati va unda belgilanayotgan yangi tartiblar bo‘yicha OAV va jamoatchilik vakillarini xabardor qilishga qaratilgan.

Ta’kidlanganidek, yerga bo‘lgan huquq turlari 6 tadan 3 taga qisqartirilmoqda. Ya’ni, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqlari bilan yer ajratish amaliyoti to‘liq tugatilmoqda, bunda xususiy sektor uchun – mulk va ijara huquqini, davlat tashkilotlari uchun – doimiy foydalanish huquqini qoldirish nazarda tutildi. Shuningdek, noqishloq yerlarni shaffof ajratish maqsadida tartiblar belgilangan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratishda yangi tartib joriy etildi. Ushbu hujjat bilan yer ajratish va undan foydalanishda nazorat kuchaytirilmoqda.

Hozirgi kunda mamlakatimizda 103 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar mavjud bo‘lib, joriy yilda 3 million 148 ming gektar asosiy yer maydonida qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirmoqda. Amalda ushbu yerdan foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilishida ma’lum bo‘shliqlar mavjud, jumladan bugungacha amalda bo‘lgan tizim foydalanishdagi yerlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish uchun qulay sharoit yaratgan. Shu sababli, barcha holatlarda faqat bo‘sh turgan va belgilangan tartibda zaxiraga olingan yer uchastklarini ajratish yerga bo‘lgan huquqni ishonchli ximoya qilishga asos bo‘ladi.

Ushbu farmon rasman e’lon qilingan kundan boshlab ya’ni joriy yilning 8 iyun sanasidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilguniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlari tomonidan mazkur farmonda nazarda tutilganidan boshqacha tartibda yer uchastkalarini ajratish qat’iyan to‘xtatildi.

Ochiq muloqotda qayd etib o‘tilganidek, mazkur hujjat bilan yer to‘g‘risidagi qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi tashkil etilib, unga ishchi organi sifatida Bosh prokuratura va o‘rinbosari etib Bosh vazir o‘rinbosari belgilandi. Shuningdek, kengashning asosiy vazifalari sifatida qonunchilik hujjatlarini qo‘llashda vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish, eng avvalo, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha majburiyatlar yuklatildi.

Nasiba Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA