Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ochiq muloqot: murojaatlar soni 13 400 tadan oshdi
17:04 / 2022-01-21

Prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari bilan “O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazishi rejalashtirilayotganidan xabaringiz bor.

Tadbir oldidan olimlar, shifokorlar, hamshiralar, farmatsevtlar, fuqarolardan takliflar, murojaatlari qabul qilinishi davom etmoqda.

Xususan, 2021 yil 15 dekabrdan 2022 yil 21 yanvar 14:00 gacha ochiq muloqotga 1295 qisqa raqamli “Sall-markaz” hamda ijtimoiy tarmoqlarda ochilgan alohida elektron manzillar orqali 13 405 ta murojaatlar kelib tushdi.

Ularning:

46 foizi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan takliflar;

28 foizi sog‘liqni saqlash tizimiga e’tiroz va murojaatlar;

26 foizi individual masalalarni tashkil etmoqda.

Murojaatlarning 5 002 tasi birlamchi tibbiy yordamga oid bo‘lib, shundan 3 304 tasini takliflar tashkil qiladi. 1 071 ta murojaatlar hal qilingan, 627 tasi o‘rganish jarayonida.

Farmatsevtika yo‘nalishida 118 ta murojaatlar kelib tushgan, shundan 84 tasi hal qilingan, 2 tasi ijroda, 32 tasi takliflardan iborat.