Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ochiq muloqot” doirasida yo‘llangan murojaatlar soni 14 mingdan oshdi
12:44 / 2022-01-23

Tibbiyot sohasida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Ochiq muloqot” doirasida tashkil etilgan “Sall-markaz”ga yo‘llangan murojatlar soni 14 ming 2 taga yetdi.

Ushbu murojaatlarning 8 ming 193 nafari tibbiyot xodimlaridan,  5 ming 809 tasi fuqarolardan kelgan. 6 ming 656 ta murojaatda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan takliflar, 3 ming 768 tasida sog‘liqni saqlash tizimiga e’tiroz bildirilgan. Murojaatlarning 5 ming 334 tasi birlamchi tibbiy yordamga, 807 ta ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyatiga, 444 tasi SES xizmati oid.  

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Namangan viloyatiga 1 ming 223 ta, Toshkent shahriga 1 ming 212 ta, Navoiy viloyatiga 1 ming 205 ta hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarga 4 ming 553 ta murojaat to‘g‘ri kelmoqda.

Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar, Sog‘liqni saqlash vazirligi murojaatlar bilan ishlash boshqarmasiga muntazam ravishda yuborilmoqda va ijorosi ta’minlanmoqda.

O‘zA