Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ochiq ma’lumotlar portali oltin darajadagi sertifikatni oldi
14:42 / 2023-12-10

2023 yil 5 dekabr kuni Londondagi Ochiq ma’lumotlar Instituti (ODI) baholash tizimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali data.egov.uz “Gold level” oltin darajadagi sertifikatini oldi.

Ochiq ma’lumotlar Sertifikati – ochiq ma’lumotlarning nashr etilishini professionallashtirish uchun tasdiqlangan standartlar to‘plamiga mos keladigan mustaqil sifat belgisidir. Barqaror ochiq ma’lumotlardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash uchun huquqiy, amaliy, texnik va ijtimoiy talablarni qamrab oladi.

Bugungi kunda Ochiq ma’lumotlar institutining sertifikatini dunyodagi 155 mingdan ortiq sayt va portallar olgan. Ammo dunyoda atigi 3 ta sayt eng yuqori bo‘lgan “Platinum level” darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan. Ulardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy sayti stat.uz.

Shuningdek, dunyoda jami 9 ta sayt va portallar “Gold level” oltin darajadagi sertifikat olishga muyassar bo‘lgan. Endi esa ular qatoriga O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali data.egov.uz ham qo‘shildi. Ta’kidlsha joizki, hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida jami 9 mingga yaqin ma’lumotlar to‘plamlari 3 tilda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) joylashtirilgan.

M.Komilova, O‘zA