Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ochiq ma’lumotlar portali “Gold level” oltin darajadagi sertifikat oldi
10:22 / 2023-12-07

Londondagi Ochiq ma’lumotlar instituti (ODI) baholash tizimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali data.egov.uz “Gold level” oltin darajadagi sertifikatini oldi.

Bugungi kunda Ochiq ma’lumotlar institutining sertifikatini dunyodagi 155 mingdan ortiq sayt va portallar olgan. Lekin, dunyoda atigi 3 ta sayt eng yuqori bo‘lgan “Platinum level” darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan.  

Shuningdek, dunyoda jami 9 ta sayt va portal “Gold level” oltin darajadagi sertifikat olishga muyassar bo‘lgan va ular qatoriga O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali data.egov.uz ham qo‘shildi. 

Ochiq ma’lumotlar sertifikati – ochiq ma’lumotlarning nashr etilishini professionallashtirish uchun tasdiqlangan standartlar to‘plamiga mos keladigan mustaqil sifat belgisidir. Barqaror ochiq ma’lumotlardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash uchun huquqiy, amaliy, texnik va ijtimoiy talablarni qamrab oladi.  

Hozirgi kunda, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida jami 9 mingga yaqin ma’lumotlar to‘plami 3 tilda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) joylashtirilgan.  

Open Data Watch tashkilotining so‘nggi hisobotida O‘zbekiston “Ochiq gender ma’lumotlari indeksida” 69,7 ball to‘plagan holda jahondagi eng yaxshi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi.  

O‘zbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 195 ta mamlakat orasida 70 ball bilan 30-o‘ringa ko‘tarildi hamda Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni saqlab qoldi.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA