Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ochiq jamiyatlar barpo etilishiga ko‘maklashish masalasi muhokama qilindi
16:48 / 2021-06-16

Mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan Barqaror rivojlanish maqsadlari haftaligi doirasida «Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida tinchliksevar va ochiq jamiyatlar barpo etilishiga ko‘maklashish» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi N.Umarov 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlari Harakatlar strategiyasidagi ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan birida belgilangan islohotlarning keng qamrovli dasturini amalga oshirishda muhim harakatlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilishini qayd etib o‘tdi.

Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan fuqarolarning axborotga bo‘lgan huquqini amalga oshirishida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot oshkoraligini kuchaytirish hamda fuqarolarning asosiy erkinliklari himoyasini ta’minlash dolzarbligi haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda davlat xaridlari doirasida tovarlar va xizmatlarni yetkazib beruvchilarni tanlash jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga imtiyozlar berishni taqiqlash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali shartnomalar tuzishni keskin kamaytirish, “my.sud.uz” platformasini soddalashtirish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish sohasidagi hududiy davlat dasturlarini ishlab chiqish, Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlarning faoliyatini moliyalashtirish, takomillashtirish, ularni mutaxassislar bilan ta’minlash, maxsus qo‘llanmalar va standartlarni ishlab chiqish masalalari muhokamalar markazida bo‘ldi.

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA