Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ochiq eshiklar kunida sudyalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi
11:41 / 2025-12-10

Sud-huquq tizimida halollik va shaffoflikni ta’minlash, odil sudlovning to‘la amalga oshirilishi, fuqarolarning huquqlari himoya qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi. Sudlar tomonidan “Ochiq eshiklar” kunining tashkil etilishi sud hokimiyatining shaffof faoliyati bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyat sudida jurnalist va blogerlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad, avvalo, sudlar faoliyati ochiqligini ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etish, zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini joriy etishdan iboratdir. 

Tadbir avvalida viloyat sudi va viloyat ma’muriy sudlari raislarining bugungi kunda sudlar tomonidan korrupsiyaga qarshi qat’iy kurashish, sudga murojaat qilgan har bir fuqaroga nisbatan adolatni ta’minlash, pirovardida fuqarolarning sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash uchun ko‘rilayotgan zaruriy choralar haqida ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng, ishtirokchilar jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudiga tashrif buyurib, sud majlisi zallari, sud jarayonining protsessual qoidalari, sudyalar va sud apparati xodimlarining xizmat vazifalari bilan tanishdi. Tashrif davomida ishtirokchilarga sud binosining xizmat xonalari, jinoyat ishlari bo‘yicha ish yuritish tartibi, hujjatlarning rasmiylashtirilishi va sud-huquq tizimida qonuniylikning ta’minlanishiga oid amaliy jarayonlar tushuntirildi.

Albatta, bu kabi tadbirlar fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni sud hokimiyatining mazmuni va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, konstitutsiyamizda e’tirof etilgan qadriyatlarni chuqur anglashlariga ko‘maklashishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

 

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri