Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ochiq eshiklar kuni
11:12 / 2025-12-10

9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Buxoro TIF” bojxona postida jamoatchilik vakillari hamda tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Tadbirda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, bojxona organlari faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. 

Bugungi kunda viloyatda 3 ta chegara va 2 ta tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari faoliyat yuritmoqda. Ularda qariyb 220 nafar bojxona xodimlari davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashdek mas’uliyatli vazifani ado etmoqda. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 54 marotaba korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan turli profilaktik tadbir va uchrashuvlar tashkil etilgan bo‘lib, ularning aksariyati xodimlar bilan bir qatorda ularning oila a’zolari ishtirokida o‘tkazilgani bilan ahamiyatlidir. 

Shuningdek, uchrashuvda bojxona tizimida raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, elektron xizmatlarni keng joriy etish orqali inson omilini qisqartirish, korrupsiya xavfini kamaytirish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bugungi kunda eng ustuvor vazifalardan biri ekani qayd etildi.

Ochiq eshiklar kuni ana shu yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar haqida jamoatchilikni xabardor qilish, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga xizmat qilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.