Ochiq byudjet tizimi amalda
Buxoro viloyati Vobkent tumani “Mirvoshi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Voshi qishlog‘ini asfaltlashtirish maqsadida Ochiq byudjet elektron tizimi orqali berilgan takliflar qo‘llab –quvvatlandi.
Kerakli ovozlar yig‘ilgani bugun o‘z samarasini berdi. Ayni vaqtda 330 million so‘m mablag‘ evaziga Voshi qishlog‘ining 650 metr uzunlikdagi yo‘liga asfalt yotqizilmoqda.

– Ko‘p yildirki, ko‘chamiz ta’mirtalab holga kelib, haydovchi va yo‘lovchilarning haqli e’tirozlari kuchaygan edi, – deydi mahalliy aholi vakillaridan biri Ro‘zimurod Rahimov.

– Qolaversa, bu yog‘in-sochinli kunda bolalarimizning shu ko‘chadan maktabga qatnashida qiyinchilik tug‘dirardi. Mana, endilikda ko‘chamiz qayta ta’mirlanayotgani aholimizni juda xursand qilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA