Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ochiq byudjet” portali orqali tushgan 1 ming 500 loyiha moliyalashtirildi (+video)
17:19 / 2021-10-21

Siz yashayotgan hududda, bolalar va sport maydonchasi yoki ichki yo‘llar ta’mirtalabmi?

Endi siz bu muammoni tashkilotma-tashkilot yurib, vaqtingiz va mablag‘ingizni sarflab yurishingizga hojat yo‘q. O‘zbekiston moliya vazirligida yangilangan “Ochiq byudjet” portali (openbudget.uz) orqali shu kabi muammolaringizni bildirishingiz mumkin va bu tegishli tashkilot tomonidan o‘rganiladi hamda bartaraf etiladi.

Prezidentimizning joriy yil 22 sentyabrdagi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllanadigan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan fuqarolar byudjetni shakllantirish jarayonlarini nafaqat nazorat qilishi, balki byudjet mablag‘larini shakllantirish jarayonidan boshlab ularni sarflashda qatnashishi uchun ham imkoniyat yaratildi. Portalda davlat byudjeti, davlat qarzi haqida ma’lumotlar ham e’lon qilib boriladi.

Endilikda fuqarolar mahalliy byudjetni taqsimlashda ishtirok etish, infratuzilmalarni yaxshilash, yo‘llar, maktablar, bolalar bog‘chalari va boshqalarni qurish hamda ta’mirlash bo‘yicha loyihalarga ovoz berishlari mumkin. Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, fuqarolar arizalarini yilda ikki marotaba, ya’ni fevral va iyul oylarida topshirish mumkin.

“Ochiq byudjet” axborot portali orqali fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan takliflar doirasida amalga oshirilgan ishlar xususida O‘zA muxbiri O‘zbekiston moliya vazirligi Davlat byudjeti departamenti bosh iqtisodchisi Azimjon HUSANOV bilan suhbatlashdi.  

<iframe width="1440" height="700" src="https://www.youtube.com/embed/N9p7vXZ1Fqc" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

 

Shahnoza Mamaturopava, Nishonboy Abduvoitov(surat), O‘zA