Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ochiq birinchilikda iqtidorli yosh kurashchilar saralandi
17:21 / 2025-12-03

Yurtimiz azaldan pahlavonlar yurti bo‘lib kelgan. Diyorimizda kuragi yerga tegmagan, xalqimizning faxriga, milliy kurashimizning afsonasiga aylangan Pahlavon Mahmud singari kurashchilar yashab o‘tgan. O‘zbek kurashi milliy g‘ururimiz timsoliga, faxrimizga aylangan.

Bugun milliy kurashimizni yanada rivojlantirish, yosh kurashchi yigit-qizlarni tayyorlash masalalariga ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda.

Bu borada bir qator tadbirlar, kurash musobaqalari tashkil etib kelinmoqdaki, ayni harakatlar yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga mehr-muhabbat tuyg‘ularini jilolantirmoqda.

[gallery-26539]

Yaqinda poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 1-sonli maktabda kurash bo‘yicha 2014-2015 va 2016-2017 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar hamda 2014-2016 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida tashkil etilgan ochiq birinchilik musobaqalari yoshlarga chinakam sport bayramini tuhfa etdi.

80 nafar yosh sportchi, shundan 60 nafar o‘g‘il bolalar va 20 nafar kurashchi qiz bellashgan bahslarda 15 ta vazn toifasida kuchlilar aniqlandi.

Yosh kurashchilarning mahoratini oshirish, imkoniyatlarini kengaytirish va ularni katta sportga tayyorlashga xizmat qilgan bahslar yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

O‘zA