Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ochiq adliya”: sarhisob va istiqboldagi rejalar
09:10 / 2023-01-26

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Ochiq adliya” dasturiga muvofiq navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda boshqarma boshlig‘i Salohiddin Sattorov o‘tgan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va istiqboldagi rejalar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga o‘tgan  yil davomida jami 4 963 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 4 523 tasi hal etilgan.  

Aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 2 287 ta taqdimnoma va 4 103 ta ogohnoma kiritildi, 591 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida 1 563 nafar aybdor intizomiy javobgarlikka tortilgan, 12 mingdan ziyod noqonuniy hujjatlar bekor qilingan.

Sudlarga 26 milliard 469,0 million so‘mlik 1897 ta da’vo arizasi kiritildi. Ta’sir choralari natijasida hozirgi kunda fuqarolarga 31 milliard 57 million so‘m miqdorida pul mablag‘lari undirib berildi.

Adliya organlari davlat boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning tartibga solish ta’sirini baholash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy yordam ko‘rsatadi. Matbuot anjumanida normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish ahamiyati, zarurati, tartibi va bu borada viloyatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

– Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2022 yilda jami 27 ta normativ huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazildi, – deydi boshqarma bo‘lim boshlig‘i Bobur Norboyev. – Ularda 50 dan ortiq korrupsion omillar aniqlanib, bartaraf etish bo‘yicha yuqori turuvchi organga takliflar berilgan.

Anjumanda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

 

Sh.Suyarov, O‘zA