Ochildiyev Muhiddin Bahodir o‘g‘lining tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Irsiy oftalmopatologiya ayrim turlarining klinik-genetik xususiyatlari va ularda tibbiy-profilaktik yordamni optimallashtirish» mavzusida
Ochildiyev Muhiddin Bahodir o‘g‘lining 14.00.08 - “Oftalmologiya” ixtisosligi bo‘yicha «Irsiy oftalmopatologiya ayrim turlarining klinik-genetik xususiyatlari va ularda tibbiy-profilaktik yordamni optimallashtirish» mavzusidagi tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 5-avgust kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18-uy.
Tel/faks: (+998 66) 233-30-34
e-mail: ilmiyprorektori@sammi.uz