Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
19:05 / 2023-08-11

Mustaqilligimizning 32 yilligi oldidan mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Obodonlashtirish oyligi” tadbirlarida jizzaxliklar ham faol ishtirok etmoqda. Oylik boshlanganiga qisqa vaqt bo‘lgan bo‘lsada Jizzaxda amalga oshirilgan ishlarning salmog‘i borgan sari yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanmoqda.

Bugun viloyatning barcha shahar va tumanlarida o‘tayotgan hashar ishlarida qishloq va mahallalar, yo‘l chetlari, ijtimoiy soha ob’ektlari, ziyoratgohlar, qabristonlar atrofi chiqindilardan tozalanib, obod qilishga katta e’tibor qaratilgan. Ariqlar va lotoklar tozalanib, daraxtlarni butash, shakl berish, taglarini oqlab, sug‘orish, parvarish qilish ishlari izchillik bilan amalga oshirib kelinmoqda.  

Jumladan, viloyatning G‘allaorol, Paxtakor, Do‘stlik, Zarbdor, Zomin, Yangiobod, Sharof Rashidov tumanlari va Jizzax shahri hududlarida keng miqyosda obodonlashtirish ishlari izchillik bilan amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlash joiz.  

Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasining ekovolontyorlari, tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari, “Yo‘lko‘kalam” unitar korxonasi (UK) xodimlari tomonidan Sa’d ibn Abu Vaqqos, Xo‘jamushkent, Novqa ota, O‘smat ota va boshqa ziyoratgoh va muqaddas qadamjolar, qabristonlar chiqindilardan tozalandi va daraxtlarga shakl berish  ishlari amalga oshirilib, taglari oqlandi.  

[gallery-13092]

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan, bugungi kunda “Obodonlashtirish oyligi” doirasida hududlardan chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha jami 1 ming 58 ta maxsus texnika vositalari jalb etildi. Oylik boshlangandan shu kunga qadar, jami 6 ming 915 tonna maishiy chiqindi olib chiqilib, maxsus chiqindi poligonlariga yetkazilib xavfsizlantirildi.  

Shuningdek, 17 ta chiqindi yig‘ish shoxobchalari ta’mirlandi, obodonlashtirish ishlari davomida  307 ta daraxtga har-xil reklama bannerlari, elektr simlari, lampalar, beton va asfalt qoplamalari, mix va shikast yetkazuvchi boshqa metallar bilan zarar yetkazish holatlari aniqlangan bo‘lib, 12 ta holatda aybdor shaxslarga nisbatan jami 19 million 800 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar va 4 ta holatda 7 million 920 ming so‘m miqdorida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar summalari qo‘llanildi.  

Bundan tashqari, viloyatimizning tuman va shahar hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining maxsus sug‘orish mashinalari, suv chiqarish quduqlari va irrigatsiya tizimlari yordamida 37 marta daraxtlarni sug‘orish ishlari tashkil etildi.  

Bayram oldi umumxalq hashari Jizzax viloyatining barcha shahar, tuman, qishloq va mahallarida, korxona, tashkilot va muassasalarda davom etmoqda.  

A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat), O‘zA