Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Obodlikdan chetda qolayotgan “Zilol” (+video)
10:47 / 2024-02-08

FOTOTANQID

“Zilol” mahalla fuqarolar yig‘ini Jizzax shahri markaziga yaqin bo‘lsa-da, obodlikdan, e’tibordan chetda qolgan. Ayniqsa, ko‘p qavatli turar-joylar.  

Ushbu ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholini bir necha yillardan buyon qiynab kelayotgan asosiy muammo - bu chiqindilar va chiqindixonalar masalasi. Ayni muammoni bartaraf etish uchun zilolliklar Jizzax shahar mutasaddilariga murojaat qilishsa, “Bu MFY Sharof Rashidov tumani hududiga kiradi, o‘sha tuman hokimligiga uchrang”, deyishadi. Sharof Rashidov tumani mutasaddilari javobi ham shunday -  “Bu bizning hududmas!”. Shu tariqa, yillar o‘tyaptiki, chiqindi masalasi tartibga solinmayotir. “Yoz kunlari chiqindixonalarning badbo‘y hidiga chidash qiyin, shamol turishi bilan ko‘p qavatli uylar atrofida chiqindilar “quvlashmachoq” o‘ynaydi. Xullas, bormagan idoramiz, shikoyat qilmagan tashkilotimiz qolmagan,”- deydi mahalliy aholi vakillari.  

Ko‘p qavatli uylar atrofini ko‘zdan kechirar ekanmiz, yo‘l yoqasidagi lotoklardan chiqarilgan loy va chiqindilar o‘z holiga tashlab qo‘yilganini ko‘rdik. Bu yerdan oqib o‘tuvchi ariq esa achinarli ahvolda.  

[gallery-15845]

- Mahallamiz arosatda qolgan, - deydi “Zilol” MFY Mustaqillik ko‘chasi 1-uyda yashovchi Farhod Ne’matov. - Hudud Sharof Rashidov tumaniga qaraydi, ko‘p qavatli uylarda yashovchilar esa Jizzax shahri ro‘yxatida turadi. Chiqindilarni olib ketishga kelganda hamma jim. Buning ustiga kanalizatsiya tarmog‘i ham yaxshimas. Yog‘in-sochinda pod’ezdlarimizni suv bosadi.  

- Ko‘chib kelganimizga yetti yildan oshdi, - deydi ko‘p qavatli uylarning birida yashovchi Shohida Saidazimova. - Bolalar maydonchamiz yo‘q. Chiqindixonani aytmasa ham bo‘ladi. Oyma-oy chiqindi uchun to‘lovlarni to‘lasak ham, vaqtida chiqindilarni olib ketishmaydi. Natijada uylarimiz atrofi chiqindizor bo‘lib ketadi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KqA-rh7fRRM" title="Obodlikdan chetda qolayotgan “Zilol”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Biz bu gal mas’ullar fikrini bilishga oshiqmadik. Chunki mahalladagi ahvol mas’ullarning o‘z vazifasiga qanchalar mas’uliyatsiz yondashayotganidan dalolat berib turibdi. Ko‘rgan manzaralarimizni fotoob’ektivimizga muhrladik, xolos.

Jamshid YORBEKOV (surat, video), O‘zA.