French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Obodlik va farovonlik ko‘rgazmasi
14:29 / 2016-03-31

Termizda Surxondaryo viloyatidagi yirik sanoat korxonalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘tkazildi.

Termizda Surxondaryo viloyatidagi yirik sanoat korxonalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘tkazildi.

Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida xususiy sektorning erkin faoliyat yuritishi uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar ushbu tarmoqning iqtisodiyotimiz taraqqiyotidagi o‘rnini yanada yuksaltirishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish yuzasidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar samarasida mahalliy xomashyodan tayyorlangan xaridorgir, import o‘rnini bosuvchi sifatli mahsulotlar turi yildan-yilga ko‘paymoqda. 2012-yil hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida 100 dan ortiq korxona qurilish, oziq-ovqat, yengil sanoat va nooziq-ovqat mahsulotlari bilan qatnashgan bo‘lsa, bu yil 180 dan ziyod korxona 320 ga yaqin turdagi mahsulot bilan ishtirok etdi. Ularning 30 dan ortig‘i yangi turdagi mahsulotlardir.

Ko‘rgazmada butlovchi qismlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, mebellar keng namoyish etildi. Farmatsevtika vositalari, bejirim chinni buyumlar, charm poyabzallar, erkaklar, bolalar va ayollar kiyim-kechaklari, yangi turdagi qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa xalq iste’moli mollari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

– Yarmarka mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha tender savdolarisiz o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzish imkonini yaratgani bilan ham ahamiyatlidir, – deydi Surxondaryo viloyati hokimligining hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma boshqarmasi boshlig‘i To‘ra Bobolov. – Bu imkoniyatdan samarali foydalanayotgan xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘zlarining buyurtmalar portfelini shakllantirib, mahalliy xomashyodan raqobatbardosh va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlash, butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirayotgani e’tiborga sazovordir.

Yarmarka doirasida 12 milliard so‘mlikka yaqin shartnomalar imzolandi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi T.Mamaraimov so‘zga chiqdi.