Mustaqilligimizning 32 yilligi oldidan butun respublikamiz bo‘ylab “Obodonlashtirish oyligi” o‘tkazilmoqda.
Ushbu oylik doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘limi ham faol ishtirok etmoqda.
Xususan, fondning viloyat bo‘limi boshqaruvi hamda Qamashi tumani bo‘linmasi tashabbusi bilan “Mahalladan – xonadongacha” tamoyili asosida tumanda bir qator xayriya ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Qamashi tumani Berdoli MFY hududida joylashgan “Berdoli” qabristonida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi. Bundan tashqari, Berdoli mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi ijtimoiy himoyaga va o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan oilalarning xonadonlarida ham obodonlashtirish ishlari olib borildi. Xayriya tadbiri davomida kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Xonadonlardagi yer maydonlariga ishlov berildi.
Obodonlashtirish oyligi davom etmoqda.
O‘lmas Barotov, O‘zA.