Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Obodlik kasb etgan muqaddas qadamjo
07:17 / 2021-06-12

Yetti pirlardan biri Sayyid Amir Kulol mangu makon topgan Buxoro viloyati Kogon tumanidagi ziyoratgoh keyingi yillarda yanada obodlik kasb etdi.

Ziyoratgoh hududida keng ko‘lamdagi qurilish, ta’mirlash ishlari bajarildi. Xususan, mavjud inshootlar ta’mirlanib, hududda zamonaviy va milliy andozalar asosida yangi ob’ektlar qurildi. Yog‘och o‘ymakorligining noyob usullaridan foydalanib, ustunli hordiq olish joylari, yozgi ayvonlar barpo etildi. Ziyoratchilar uchun barcha sharoit va qulayliklar yaratildi. Yon-atrofda gulzor va yashil maysazorlar tashkil qilindi. Mahalliy hamda xorijdan keltirilgan noyob manzarali daraxtlar, butalar  maskanga o‘zgacha ko‘rk bermoqda. Muqaddas qadamjoga ziyoratchilar tashrifi esa tobora ortmoqda.

[gallery-2767]

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA