Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Obod yurtga toʻylar yarashadi
14:44 / 2020-03-14

“Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish xayriya hashari Andijon viloyatida ham uyushqoqlik bilan oʻtmoqda.


“Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish xayriya hashari Andijon viloyatida ham uyushqoqlik bilan oʻtmoqda.

Aholi oʻzi yashayotgan, mehnat qilayotgan, taʼlim olayotgan hududlarni, ariqlar, koʻchalar, xiyobonlarni, qabristonlarni tozalash kabi katta hajmdagi obodonlashtirish ishlarini amalga oshirmoqda.

Xayriya hashari viloyatning har bir goʻshasini ozoda va orastaligini, pokiza va obodligini taʼminlash, xalqimizning keksalar, yetim-yesirlar va nogironlarga mehr-muruvvat koʻrsatishdek azaliy qadriyatlari davomiyligining yorqin namunasi boʻldi.

4 (2).JPG

Hashar doirasidagi obodonlashtirish ishlarida 2 milliondan ziyod kishi ishtirok etishi, ularning aksariyatini yoshlar tashkil etishi koʻzda tutilmoqda.

– Navroʻz bayrami oldidan mahallalar, shahar va qishloqlarda keng koʻlamdagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan umumxalq xayriya hashari viloyatda uyushqoqlik bilan oʻtmoqda, – deydi Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi Manzuraxon Yunusova. – Ikki kun davomida keng koʻlamli obodonlashtirirish ishlari amalga oshiriladi, ehtiyojmand oilalarning uy-joylari taʼmirlab beriladi. Shuningdek, nogironlar, urush qatnashchilari va yolgʻiz yashovchi keksalarlarga moddiy yordam koʻrsatiladi.

3 (1).JPG

Oʻtayotgan hasharda, umuman, yurtimizning har bir goʻshasi, har bir koʻcha va mahallasini, qoʻyingki, har bir xonadonni obod qilishdek ezgu harakatda viloyat aholisi faol ishtirok etmoqda.

– Hashar xalqimizning qadim va oʻziga xos qadriyatlaridan biridir, – deydi Andijon shahrining Boʻston dahasida yashovchi mehnat faxriysi Qodirjon Rasulov. – Shu bois ham ushbu tadbirda kattayu kichik birdek faol ishtirok etmoqda. Xayriya xasharida bayram tantanalariga munosib hozirlik koʻrish, yurtdoshlarimiz oʻrtasidagi hamjihatlik, mehr-muruvvatga muhtoj kishilarga koʻmak berish, yurtni obod qilishdek ezgu saʼyi-harakatlar oʻz ifodasini topmoqda.

7.JPG

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasidan olingan dastlabki maʼlumotlarga koʻra, oʻtkazilayotgan hasharda 1 million 343 mingdan ziyod kishi, jumladan, 800 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etdi, 1 ming 994 gektar yer maydoni obodonlashtirildi, 930 kilometrga yaqin ariqlar tozalandi, 2 ming 32 tonna chiqindilar chiqarib tashlandi, 3 million tubga yaqin daraxt oqlandi, shakl berildi. Bu ishlarni bajarish uchun 526 ta texnika vositalari jalb etildi. Bundan tashqari, 607 ta ziyoratgoh va qabriston tozalanadi. Viloyat boʻyicha 270 oilaning 2 ming 760 kvadrat metr hajmdagi uy-joylari hashar yoʻli bilan taʼmirlab beriladi, 1 ming 555 ta ehtiyojmand oilaga, 700 nafar nogiron va yolgʻiz yashovchi keksalarga moddiy yordam koʻrsatildi.

Xayriya xashari uyushqoqlik va aholining faol ishtirokida davom etmoqda.

11.JPG

– Xayriya hasharida jamoamizning har bir aʼzosi faol ishtirok etmoqda, – deydi viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi raisi oʻrinbosari Hamidullo Matisayev. – Maqsadimiz, yurtimizni yana-da obod, pokiza va saranjom-sarishta qilishdek xayrli ishga munosib hissa qoʻshish.