French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Obod va xavfsiz mahalla” jamgʻarmasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganmi?
16:20 / 2020-04-21

Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi bunga aniqlik kiritdi.


Internet va ijtimoiy tarmoqlarda “Obod va xavfsiz mahalla” jamgʻarmasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida axborotlar paydo boʻldi.

Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi bunga aniqlik kiritdi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 228-son qarorida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzurida “Obod va xavfsiz mahalla” jamgʻarmasini tashkil etish belgilangan. Mazkur qarorga asosan, jamgʻarma yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etiladi.

Demak, jamgʻarma yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtishi talab qilinmaydi. Shunday ekan, bu jamgʻarma davlat roʻyxatidan oʻtmagan.

Ijtimoiy tarmoqda davlat organlari taʼsischiligida takrorlanuvchi vazifalarga ega fondlar (nodavlat notijorat tashkilotlari) Adliya vazirligidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotganligi bildirilgan.

Ushbu oʻrinda eʼtibor berish lozimki, jamgʻarma jamoat fondi yoki nodavlat notijorat tashkilotlari hisoblanmaydi. Shuningdek, uning vazifasi mavjud ijtimoiy yoʻnaltirilgan davlat va nodavlat tashkilotlarning vazifa va funksiyalarini aynan takrorlamaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga asosan jamgʻarma Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining yuqoridagi qarorda nazarda tutilgan tegishli manbalar hisobidan vazirlik tasarrufiga kelib tushadigan mablagʻlarni yigʻish va ulardan foydalanish uchun tuzilgan byudjetdan tashqari jamgʻarma hisoblanadi.

Taʼkidlash lozimki, “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunning 12-moddasiga koʻra, jamoat fondi jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qoʻshish asosida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi.

Shunga koʻra, Adliya vazirligidan bevosita davlat organlari taʼsischiligidagi jamoat fondlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasligi maʼlum qilinadi.