Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Obod va ko‘rkam mahallam” umumxalq hasharida 8 milliondan ortiq fuqaro ishtirok etdi
20:43 / 2021-03-13

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, joylarda “Obod va ko‘rkam mahallam” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi ham mazkur obodonlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etdi. Xususan, fondning respublika boshqaruvi tashabbusi bilan hududlar bilan onlayn videoaloqa orqali har soatlik ma’lumotlar olib turildi.

Umumxalq hashari davomida 8 yarim millionga yaqin aholi ishtirok etdi. 17 ming gektarga yaqin yer-maydonlari obodonlashtirilib, 12 ming kilometrga yaqin ariq va lotoklar tozalandi. 9000 dan ortiq qabriston va 650ga yaqin ziyoratgohlar obodonlashtirildi. Xayriya hashari davomida 8 milliondan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Bundan tashqari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga muruvvat yordamlari ko‘rsatiladi. Jumladan, 13 mingga yaqin kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi. 5 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarning uy-joylari ta’mirlanadi.

“Mahalla” fondi matbuot xizmati