Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Obod uylar – aholi turmush farovonligining poydevori
16:16 / 2025-10-02

Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Fazliddin Alijonov Izboskan tumanida bo‘lib, boshqaruv servis kompaniya tomonidan ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Izboskan tumanidagi Mirzo Ulug‘bek va Daminboychek mahallalaridagi 38 ta ko‘p qavatli uyning 786 ta xonadonida 3 ming 100 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. 

Mazkur ko‘p qavatli uylarga boshqaruv servis kompaniya tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda. Ayniqsa, uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, hududlarni obodonlashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur ishlar olib borilmoqda. 

Boshqaruv servis kompaniyasi o‘zining alohida binosiga ega bo‘lib, 8 nafar kishi faoliyat olib boradi. Samarali xizmat ko‘rsatish uchun xodimlar zarur texnik vositalar bilan ta’minlangan.

Boshqarma boshlig‘i o‘rganish jarayonida kompaniyaning olib borayotgan ishlariga ijobiy baho berdi, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasidagi muhim vazifalarni bajarish yuzasidan mutasaddilarga, xodimlarga zarur topshiriq, taklif va tavsiyalar berdi. 

Umuman tumanda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ibratli ishlar aholiga sifatli kommunal xizmatlar ko‘rsatish, ko‘p qavatli uylar atrofini toza va obod bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uylarning obodligi esa aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirmoqda.

F.Ubaydullayev,

Z.Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari