Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturida nimalar o‘zgardi? (+video)
15:33 / 2023-05-25

O‘tgan yilning mart oyida "2022–2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilingan edi.

Joriy yilning may oyida esa Hukumat qarori bilan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom qabul qilindi.  

Xo‘sh, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturida nimalar o‘zgardi? Avvalgi dastur bilan hozirgi dasturning farqi nimada?  

O‘zA muxbirining savoliga Iqtisodiyot va Moliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Azimjon Hasanov quyidagicha javob berdi:  

– Xabaringiz bor, mamlakatimizda 2021 yildan boshlab tashabbusli byudjetlashtirish amaliyoti joriy qilingan. Mazkur jarayonlarda fuqarolarimizning faolliklarini ko‘rib, 2022 yilda davlatimiz rahbari tomonidan aynan tashabbusli byudjetlashtirish jarayoni ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida qaror qabul qilindi.  

Mazkur qarorga ko‘ra, tashabbusli byudjetlashtirish uchun rejalashtirilgan mablag‘lar ko‘lamini kengaytirish, xususan 2022 yilda ajratilgan mablag‘larga nisbatan 2023 yilda uch yarim baravarga ko‘proq ajratish, ya’ni 8 trillion so‘mga yetkazish, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini shakllantirishda jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda dasturlarni shakllantirish mexanizmini joriy qilish nazarda tutilgan.  

Prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilda Vazirlar Mahkamasining 183-sonli qarori qabul qilindi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini shakllantirishning tartib tamoyillari belgilandi, ya’ni nizom tasdiqlandi. 

 <iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Bfz2Tx9vv_Q" title="«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturida nimalar o‘zgardi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Bu dastur avval o‘zi qanday edi, nimalar o‘zgardi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Ilgari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini shakllantirishda fuqarolar o‘z ta’sirlarini o‘tkaza olmagan. Dasturga kiritilgan mahallalarda aynan qaysi ishlarni amalga oshirish bo‘yicha fikrlar bayon qilinmagan. Bayon qilingan taqdirda ham ta’sir doirasiga ega bo‘lmagan.  

Endilikda, ushbu dasturlar jamoatchilik fikri, ovozlaridan kelib chiqib shakllanishi belgilandi. Natijada odamlarni qiynab kelayotgan muammolarning bartaraf etilishiga, hududlar infratuzilmasini rivojlantirishga erishish kutilmoqda.  

 N.Rahmonova,  

Yo.Meliboyev (video), O‘zA