Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Obod qishloq” dasturi amalda: barchasi aholi farovonligi uchun
18:32 / 2022-09-16

Buxoro viloyati Olot tumanidagi “Burjoq” va “Kesakli” mahalla fuqarolar yig‘inlari joriy yil “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan. Dastur qishloqlarning me’moriy qiyofasini tubdan yaxshilash, yo‘l-transport, muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish orqali aholining turmush madaniyatini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

– Dastur doirasida hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, mahalliy byudjet va uning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 15-umumta’lim maktabi rekonstruksiyasi uchun 1 milliard 453 million so‘m, yangi oilaviy shifokorlik punkti qurilishi uchun 1 milliard 600 million so‘m ajratildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Olot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Sa’dulla O‘rinov. – Shuningdek, Respublika byudjeti mablag‘laridan Olot tumani “Burjoq” mahalla fuqarolar yig‘inining 8 kilometr. ichki ko‘chalarini ta’mirlash uchun 3 milliard 555 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Bundan tashqari, dasturga asosan mahallaning 3,5 kilometr elektr tarmoqlari va tayanch ustunlarini yangilash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, mukammal ta’mirlash maqsadida 120 million so‘m hamda 1 dona transformatorni yangilash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, mukammal ta’mirlash maqsadida 50 million so‘m mablag‘ ajratildi.

[gallery-8817]

Tashabbuskor tadbirkorlar va aholining 1 milliard 465 million so‘m mablag‘i evaziga aholi turmush tarzini yaxshilash maqsadida mahalladagi 165 dona yakka tartibdagi uy-joylarni ta’mirlash ko‘zda tutilgan. Hududda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari komplekslari, bozor infratuzilmasi ob’ektlari qurish hamda ta’mirlash, mahalla fuqarolar yig‘ini binosi, mahalla guzari, savdo majmuasi mahalliy byudjet va uning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan hamda tashabbuskor tadbirkorlar va aholi mablag‘lari hisobidan bunyod etilmoqda. 2,5 kilometr optik tolali aloqa tarmoqlarini qurish uchun “O‘ztelekom” AK tomonidan 43 million so‘m ajratildi.

– Mahalladagi 1 kilometr yo‘lga asfalt yotqizildi, –deydi “Burjoq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Hamidjon Avezov. – 2,3 kilometr yo‘l betonlashtirildi. 3,2 kilometr yo‘lga shag‘al yotqizildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida “Burjoq” MFY hududidagi 109 tayanch beton ustunlar yangisiga almashtirildi. 2,7 kilometr elektr uzatish tarmoqlari yangilandi. 1 dona yangi transformator o‘rnatildi.

Dastur doirasida mahalla hududidagi 15-sonli umumta’lim maktabi rekonstruksiya qilinayotir. Aholining ko‘p yillik muammolaridan biri sog‘liqni saqlash muassasasi yo‘qligi inobatga olinib 1 ta oilaviy shifokor punkti qurilmoqda.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA