Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Obod manzillar, shod ko‘ngillar
11:43 / 2022-09-25

"Obod qishloq” va “Obod mahalla" dasturi amalda

Sirdaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan “Obod qishloq va obod mahalla” Davlat dasturi amalga oshirilmoqda.

Tumandagi loy, chang ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash, aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy piyodalar va velosiped yo‘lakchalari barpo etish kabi bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, “Yangiobod” MFYdagi 8 kilometrdan ziyod ichki xo‘jalik yo‘llari tosh-shag‘al bilan qoplandi. Ulug‘bek, ”Shirin”, “Xazina”, “Tadbirkor” va “Navro‘z” mahallalarining ichki yo‘llari asfalt-beton bilan qoplandi. “Obod kishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturlari asosida “Turkiston” va “Baxmal” mahallalarida obodonlashtirish va ichki yo‘llarini ta’mirlash ishlari jadal olib borilmoqda. Ushbu mahallalarda 14 kilometr tosh-shag‘al, 3,5 kilometr asfalt-beton qoplamali, sement-beton qoplamali yo‘llar foydalanishga topshirildi. Baxt shahrining “Tadbirkor” mahallasi aholisiga qulaylik yaratish maqsadida M-34 avtomobil yo‘li bo‘ylab 2 kilometr masofaga yotqizilayogan sement-beton qoplamali piyodalar va veloyo‘lakchasining qurilishi davom etmoqda.

— Anchadan beri shu qishloqda yashayman, — deydi tumandagi “Islomobod” MFYga qarashli “Zominovul” qishlog‘ida yashovchi X.Joniyev. — Ko‘chamiz yozda chang, qishda loy edi. Qishlog‘imiz ko‘chalarida qisqa muddat ichida sement-beton qoplamali yo‘llar barpo etilgani yaxshi bo‘ldi.



Shuhrat Suyarov, O‘zA