Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Obod mahallasiga yangi rais saylandi
16:13 / 2025-05-21

FOTOREPORTAJ

Mamlakatimizda mahalla tizimini isloh qilish va uning jamiyatdagi rolini yanada kuchaytirish uchun navbatdagi muhim qadam qo‘yildi. “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan yangiliklar asosida ilk bor mahalla raislari fuqarolar tomonidan saylanmoqda.

Namangan shahrining Obod mahallasida ham mahalla raisi uchun ovoz berish jarayoni o‘tkazildi. Ushbu jarayon ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida, fuqarolarning faol ishtiroki hamda barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan holda adolatli va xolis amalga oshirildi.  

Ovoz berishda 400 nafardan ziyod saylovchi ishtirok etdi. 267 ovoz bilan Gavharoy Toirova mahalla raisligiga saylandi.

Ta’kidlash kerak, Namangan shahrida hozirgi kunda 62 ta mahalla faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda 400 nafardan ziyod “mahalla yettiligi” a’zolari ish olib bormoqda. Ushbu jamoalarning samarali faoliyatini ta’minlashda mahalla raisi katta ahamiyat kasb etadi.

[gallery-23480]

Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endilikda fuqarolar yig‘ini raisining vakolat muddati 5 yil etib belgilandi. Bu o‘zgarish mahalla rahbarlariga uzoq muddatli rejalar asosida ish olib borish imkonini yaratadi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA