Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Obod mahalla – xavfsiz mahalla” konsepsiyasini izchil tatbiq etish ustuvor vazifamizga aylanadi
16:34 / 2020-01-24

Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomalarini katta qiziqish va hayajon bilan eshitdim.


Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomalarini katta qiziqish va hayajon bilan eshitdim. Yurtboshimiz oʻz murojaatnomalarida 2019-yilda amalga oshirilgan ishlar yakuni va 2020-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yoʻnalishlariga eʼtibor qaratdilar.

Xalqchil boʻlgan ushbu dasturilamal hujjatni biz mahalla tizimi faollari eshitar ekanmiz, unda bildirilgan ustuvor gʻoyalar va dolzarb vazifalar nafaqat davlat organi yoki jamoat tashkiloti, balki har bir jamiyat aʼzosiga daxldor desam, mubolagʻa boʻlmaydi.

Ayni paytda, Murojaatnomada koʻtarilgan quyidagi masalalar biz mahalla faollari zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi. Jumladan:

“Obod mahalla – xavfsiz mahalla” degan yangi konsepsiya asosida mutlaqo yangicha tizimni yaratish va amalga oshirish zarurligi;

xotin-qizlar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni yuqori bosqichga koʻtarishimiz lozimligi;

kambagʻallik, aholi daromadi, yangi ish oʻrinlari yaratish, aholida zamonaviy ishbilarmonlik va biznes koʻnikmalarini shakllantirish kerakligi;

aholi oʻrtasida “Oʻz uyingni, oʻz bolangni – oʻzing asra” shiorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshira olmas ekanmiz, mahallalarni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirib boʻlmasligi;

korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, jamiyatimizning hamma aʼzolari “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, oʻz oldimizga qoʻygan marralarga erishib boʻlmasligi.

Men bugun mahalla tizimi xodimi sifatida murojaatnomani eshitib, Yurtboshimiz tomonidan bizning faoliyatimizga bevosita daxldor boʻlgan ushbu vazifalarning nechogʻli dolzarb ahamiyatga ega ekanligini tushunib yetdim.

Albatta, mazkur dasturilamal vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha biz Navoiy viloyatidagi 305 ta fuqarolar yigʻini xodimlari faollari hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda rejalar tuzib olamiz va bu boradagi ishlarimizni bugundan boshlab jadallashtirishni vazifa qilib oldik.

Prezidentimizning bugungi murojaatida berilgan topshiriqlarini qoʻllab-quvvatlab, bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Normurod ISOQOV,
Navoiy viloyati mahallalar
kengashi boshqaruvi raisi