Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Obod mahalla” davlat dasturi doirasida yana bir bog‘cha yangilandi
14:56 / 2025-10-20

Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan 107-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

210 nafar tarbiyalanuvchiga mo‘ljallangan muassasa binosi “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida tubdan yangilandi.

Xususan, ta’mirlash doirasida bino fasadi, ichki interer, ichki kommunikatsiyalar, isitish va suv ta’minoti tizimlari yangilandi. Guruh xonalari, yotoq va o‘yin zallari zamonaviy dizaynda qayta jihozlandi.

Shuningdek, oshxona va ma’muriy xonalar zamonaviy mebellar hamda texnik uskunalar bilan ta’minlandi.

Endilikda ushbu tashkilot bolajonlar uchun qulay, xavfsiz va estetik jihatdan chiroyli muhitga ega zamonaviy ta’lim maskaniga aylandi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA