Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ob’ektivda – yangi O‘zbekiston
20:34 / 2022-09-15

Badiiy akademiya Markaziy ko‘rgazmalar zalida “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Butunrossiya davlat kinematografiya institutining tasviriy san’at fakulteti talabalari Ijodiga oid “Kino ob’ektivida – Yangi O‘zbekiston” nomli ko‘rgazmasi ochildi.

Butunrossiya davlat kinematografiya instituti talabalari – Olga Indyukova, Vlad Ognev, Anna Rusakova, Rossiya Badiiy akademiyasining akademigi, professor, tasviriy san’at fakulteti dekani Valeriy Arxipov, rangtasvir va chizmatasvir kafedrasi dotsenti, bosma grafika laboratoriyasi rahbari Pavel Ilin rahbarligi ostida 10 kun davomida O‘rta Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorligi, Xivaning ichki qal’a (Shahriston) qismi – Ichan qal’ada eskizlar yaratdilar.

Shuningdek, ular tarixiy obidalar me’morchiligining betakror go‘zalligini ranglar orqali ochib berishga muvaffaq bo‘ldilar.

Ko‘rgazma ekspozitsiyasidan 100ga yaqin rangtasvir va grafika asarlari joy egallagan bo‘lib, tomoshabin Xiva va uning tarixiy qiyofasini yosh rus rassomlarining nigohlari orqali ko‘rishlari mumkin.

N.Usmonova, O‘zA