Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘ba qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi
11:47 / 2025-12-09

Buxoro viloyati Romitan tumanida joylashgan O‘ba turizm qishlog‘ining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardor Niyazov, Romitan tumani hokimi Umid Barnoyev, Buxoro viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i Suhrobjon Bobokalonov, shuningdek, turizm sohasi vakillari, mahalliy aholi hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda turizm sohasiga berilayotgan e’tibor, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar va turizm qishloqlari orqali hududlar iqtisodiyoti va jozibadorligini oshirish imkoniyatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, Turizm qo‘mitasi tomonidan O‘ba qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berilganligi to‘g‘risidagi sertifikat tantanali ravishda topshirildi.

Romitan tumani O‘ba turizm qishlog‘ining ochilish marosimi doirasida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Bunda mahalliy turoperatorlar va tegishli korxona vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvlari o‘tkazilib, mahalliy aholining 2026 yildagi ichki sayohatlarini tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Tadbir doirasida “Bukhara Desert Oasis & SPA” turistik klasteri, oilaviy mehmon uylari, hunarmand uylari, suvenir do‘konlari va turistik qishloqning boshqa diqqatga sazovor joylari bilan tanishish maqsadida turizm soha vakillari uchun infotur hamda madaniy va sport tadbirlar tashkil etildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.