18-20 noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Ural (Yekaterinburg) mintaqalari ustida hosil bo‘lgan sovuq va nam havo massasi kirib keladi.
18-19 noyabr kunlari respublikamiz bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Buxoro, Navoiy viloyatlarida 18 noyabr kuni ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin, 19 noyabr kuni yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida qor yog‘adi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
18-20 noyabr kunlari respublikamiz bo‘ylab havo harorati kechasi 8-13 darajagacha, shimolda 10-15, kunduzi 0-5 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Havoning o‘rtacha sutkalik harorati me’yordan 10-15 daraja past bo‘lishi kutilmoqda.
OB-HAVO MA’LUMOTI
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17 noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 4-6 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 1-3 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
O‘zA