Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MA’LUMOTI: mamlakatimizga nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
12:25 / 2021-11-15

Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida hosil bo‘lgan nam va sovuq havo oqimi Volga bo‘yi orqali 16 noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17-18 noyabr kunlari butun respublikamizga kirib keladi.

16-17 noyabr kunlari respublikamizda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish ayrim joylarda qum bo‘ronlari bilan birga sekundiga 25-28 metrgacha tezlashishi kutilmoqda.

16 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 17 noyabr kuni respublikamizning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik bo‘ladi (yog‘ayotgan yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin), 17-18 noyabr kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Respublikamizda havo haroratining keskin pasayishi kutilmoqda. 16-17 noyabr kunlari shimolda, 17-18 noyabr kunlari butun O‘zbekistonda havo harorati kechasi 5-8 darajagacha sovuq, kunduzi 0-3 daraja iliq, shimolda, kechasi 12-15, kunduzi 0-3 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-3, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Bu kuchayish qum bo‘ronlari bilan birga sekundiga 23-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish qum bo‘ronlari bilan birga sekundiga 23-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

O‘zA