Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MA’LUMOTI: mamlakatimizga Kaspiy dengizi orqali nam va sovuq havo massasi kirib kelmoqda
16:55 / 2021-10-21

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 22 oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-6, kunduzi 9-11 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5,  kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi.  Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq,  kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,  ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo  viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10,  kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi,  ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.

Kechasi 7-12,  kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,  ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li va tog‘oldi hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

***

21-22 oktyabr kunlari Kavkaz mintaqalari ustida hosil bo‘lgan  nam va sovuq havo massasi Kaspiy dengizi orqali  O‘zbekiston hududiga kirib keladi.

21-22 oktyabr kunlari respublikamizning ayrim joylarida  yomg‘ir yog‘adi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi).

Havo harorati 10-13 darajagacha, 21 oktyabr kuni kunduzi 8-13 darajagacha iliq, 22 oktyabr kuni kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

21-22 oktyabr kunlari respublikamizning ayrim joylarida  shamolning tezligi  sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.