Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 26 dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, yog‘ayotgan yomg‘ir kechqurun qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin.
G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, yog‘ayotgan yomg‘ir kechqurun qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin.
G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, yog‘ayotgan yomg‘ir kechqurun qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.