Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ob-havo ma’lumoti: Bugun yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin
07:00 / 2022-01-11

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 11 yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8  metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi  joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 2-7  daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi  joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12  metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 0-5 daraja sovuq,  kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi  joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12  metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo  va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi  joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12  metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.  Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12  metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8  daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi  joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi  0-5  daraja iliq bo‘ladi.

O‘zA