Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 10 iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, s. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-25, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Ba’zi joylarda qum bo‘ronlari bilan birga shamolning tezligi sekundiga 25-30 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Bu kuchayish ba’zi joylarda qum bo‘ronlari bilan birga sekundiga 25-30 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7 – 12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Bu kuchayish ba’zi joylarda qum bo‘ronlari bilan birga sekundiga 25-30 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi 32-37, daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Bu kuchayish ba’zi joylarda qum bo‘ronlari bilan birga sekundiga 25-30 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 22-27, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Bu kuchayish ba’zi joylarda qum bo‘ronlari bilan birga sekundiga 25-30 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 22-27, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li va tog‘oldi hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Bu kuchayish ba’zi joylarda sekundiga 25-30 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 16-21, kunduzi 21-26 daraja issiq bo‘ladi.
***
9-10 iyul kunlari respublikamiz hududida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish qum bo‘ronlari bilan birga sekundiga 25-30 metrgacha bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zA