Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MA’LUMOTI: 7 may kuni mamlakatimizning aksariyat hududida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi
14:42 / 2022-05-06

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 7 may kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 16-18 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.  

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda  o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 14-19 daraja iliq,  kunduzi  30-35 daraja issiq bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo  biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi  27-32 daraja issiq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo  biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

O‘zA